Kirill ↔ Lotin
O‘zbek tilidagi matnlarni Kirill va Lotin yozuvlari o‘rtasida o‘girish.
Diqqat: imloviy tekshiruv hozircha sinovda ishlamoqda. Ayrim xatolar topilmasligi yoki to‘g‘ri yozilgan so‘z belgilanib qolishi mumkin — natijani yakuniy xulosa sifatida qabul qilmang.
Sof tilim rioya qiladigan qoidalar
Har biri o‘zbek imlosining amaldagi talabi. Konvertor ularni avtomatik bajaradi — siz eslab yurishingiz shart emas.
1. O‘ va G‘ — to‘g‘ri belgida
Bu harflar tarkibidagi belgi oddiy apostrof emas. Sof tilim to‘g‘ri Unicode belgisini qo‘yadi, shuning uchun matn hech qayerda buzilmaydi.
o'rdako‘rdak
g'ozg‘oz
2. Tutuq belgisi O‘/G‘ dan farqlanadi
Ikkalasi bir-biriga o‘xshaydi, lekin bu ikki xil belgi. Sof tilim ularni aralashtirmaydi.
маъноma’no
эътиборe’tibor
таълимta’lim
3. Sana va yillarda chiziqcha
Lotin yozuvida arab raqami bilan yozilgan sana va yillarda -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha qo‘yiladi. Kirill yozuvida esa chiziqcha qo‘yilmaydi.
60 йиллар60-yillar
1991 йилнинг 1 сентябри1991-yilning 1-sentyabri
Rim raqamlarida chiziqcha qo‘yilmaydi:
XXI аср → XXI asr. Chiziqcha faqat tegishli so‘zlarda ishlaydi —
5 кг → 5 kg o‘z holicha qoladi.
4. Yumshatish belgisi (ь)
Kirill yozuvida bu belgi so‘z ichida saqlanadi, lekin so‘z oxirida turib qo‘shimcha qo‘shilsa tushib qoladi. Lotin yozuviga o‘tganda esa har doim tushadi.
сентябрьsentyabr
мебельmebel
компьютерkompyuter
интервьюintervyu
пьесаpyesa
бульонbulyon
МебельларМебеллар
СентябрьдаСентябрда
5. Ё, Ю, Я, Ъ, Ь — qoida bilan
Bu harflar bitta lotin harfiga almashtirilmaydi. So‘z tarkibiga qarab tegishli shakl hosil qilinadi.
объектobyekt
подъездpodyezd
съёмкаsyomka
қуёшquyosh
6. -dan … -ga birikmalari
Belgining ortiq darajasini ifodalovchi takroriy birikmalar ikkala alifboda ham chiziqcha bilan yoziladi.
тўғридан-тўғриto‘g‘ridan-to‘g‘ri
йилдан-йилгаyildan-yilga
кундан-кунгаkundan-kunga
7. Juft so‘zlar yuklama bilan
Yuklama bilan ajratilgan juft so‘zlar kirill alifbosida chiziqchasiz, lotin alifbosida esa chiziqcha bilan yoziladi.
каттаю кичикkatta-yu kichik
кечаю кундузkecha-yu kunduz
туну кунtun-u kun
Chiziqcha “ю” yoki “у” bilan tugaydigan har qanday so‘zga emas, faqat shu tasdiqlangan juftliklarga qo‘yiladi. Ro‘yxat bosqichma-bosqich kengaytiriladi.
8. Belgilangan imloli so‘zlar
Ayrim o‘zlashma so‘zlarning lotin yozuvidagi imlosi alohida belgilangan. Konvertor ularni yod biladi.
ATELYEKURYERBULYON
OBYEKTPODYEZDSYOMKA
OBYOMADYUTANTBIROZ
9. Matn ko‘rinishi buzilmaydi
Abzaslar, qatorlar, raqamlangan ro‘yxatlar, tinish belgilari, havolalar, elektron pochta manzillari va telefon raqamlari o‘z holicha qoladi. Chiziqcha, tire va uzun tire bir-biridan farqlanadi.